Hayotimizning barcha sohasini isloh etish — ustuvor maqsad

03:43 28 Fevral 2019 Siyosat
1061 0

Illyustrativ foto

Bugun Toshkentda Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisi ochiladi.

Kun tartibidan jamiyat hayotining barcha sohasini izchil taraqqiy ettirish, inson huquq va manfaatlarini kafolatlash, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan kuchaytirishga qaratilgan 20 dan ortiq masalalar oʻrin olgan.

Shuningdek, senatorlar Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning hamda adliya vazirining hisobot va axborotlarini eshitadi. Qashqadaryo viloyati hokimi parlament vakillariga hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini taqdim etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер