Havo ifloslanishi qandli diabet kelib chiqish xavfini oshiradi — tadqiqot

11:13 07 Noyabr 2023 Dunyo
381 0

Olimlar ekologik noqulay hududlarda yashovchi odamlarda qandli diabetning ikkinchi turi rivojlanish xavfi ortishini aniqladi.

Tadqiqot Hindistonning Dehli va Chennay shaharlarida oʻtkazildi. Bu hududlar havosida qon oqimiga kirishi mumkin boʻlgan mikroskopik PM2.5 zarrachalari miqdori oshgan.

Ilgari bu zarralarning nafas olish va yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishi bilan bogʻliqligi aniqlangandi.

Oʻrganishlar chogʻida PM2.5 ning oʻrtacha yillik darajasi Dehlida 82-100 mkg/m3, Chennayda esa 30-40 mkg/m3 miqdorni tashkil etgan. Vaholanki. JSST tavsiyasiga koʻra, bu koʻrsatkich 5 mkg/m3 gacha boʻlishi kerak.

Olimlar yetti yil davomida 12 ming erkak va ayoldan iborat guruhni kuzatdi. Ularning qondagi qand miqdori muntazam tekshirib turilgan va bu odamlar yashaydigan hududlarda havo sifati nazorat qilingan.

Natijalar shuni koʻrsatdiki, atigi bir oy ichida yuqori darajadagi PM2.5 havosi bilan nafas olish qondagi qand miqdorini oshiradi va bu jarayonning bir yil yoki undan koʻproq davom etishi diabetga olib kelishi mumkin.

Har bir ortiqcha 10 mkg/m3 qandli diabetning rivojlanish xavfini 22 foizga oshiradi.

Maʼlumotlarga koʻra, Hindiston aholisining 11,4 foizi qandli diabetdan aziyat chekadi. Bundan tashqari, kasallikka chalinganlar shaharlarda qishloq joylarga nisbatan koʻproq uchraydi.

PM2.5 tarkibida sulfatlar, nitratlar, ogʻir metallar mavjud. Bu moddalar endokrin tizimi faoliyatini izdan chiыarib, insulin ishlab chiqarishga halaqit beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер