16 yil farzand kutgan toshkentlik oilasida birvarakayiga 3 o‘g‘il dunyoga keldi
Toshkentdagi oilalardan birida bir yo‘la uch nafar farzand dunyoga keldi. Bu haqda Xabar.uz internet nashri ma’lumot bergan.
Manbada yozilishicha, mazkur oila 16 yil davomida farzand kutgan. Oradan shuncha muddat o‘tib, ularning oilasida bir yo‘la uch nafar o‘g‘il dunyoga kelgan.
Ularga Muhammada’lo, Muhammadali, Muhammadamin deb ism qo‘yilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammadamin biroz nimjonroq tug‘ilgani bois, hozirgi vaqtda alohida davolanish kursini o‘tayotgan ekan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring