Hasanboy Doʻsmatovning jangi bekor boʻldi
Hasanboy Doʻsmatov 28-avgust kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga koʻtarilishi va u shu kuni tanzaniyalik 23 yoshli bokschi Yoxana Mchanjaga qarshi jang oʻtkazishi lozim edi. Ammo, kutilmaganda ushbu jang bekor qilindi.
Maʼlumot uchun, afrikalik charm qoʻlqop ustasi faoliyati davomida 15 ta jang oʻtkazgan. Hisobida 12 gʻalaba va 3 magʻlubiyat bor. Raqiblarini 10 ta jangda muddatidan avval magʻlubiyatga uchratgan.
Hozircha Doʻsmatov - Mchanja jangining nima sababdan bekor boʻlgani maʼlum emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring