Har gektardan 100 sentner: Tajriba oʻzini oqladi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Qorakoʻl tumanida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat yuritayotgan «JV YINONG SEED TECHOLOGY» Oʻzbekiston – Xitoy qoʻshma korxonasi mutaxassislari bu savolga «Albatta, mumkin», deya javob bermoqda.
Asosan qishloq xoʻjaligiga innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda seleksiya ishlari olib borishga ixtisoslashgan mazkur korxona oʻtgan yilning kech kuzida 60 gektar maydonda tajriba – sinov tariqasida Xitoydan keltirilgan «GLUTEN-1» navli bugʻdoy ekkan va ekin tomchilatib sugʻorish texnologiyasi asosida parvarish qilingan edi. Masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari I. Shukrullayevning bildirishicha, bu maydonlar shoʻrxok yerlardan iborat. Ularning oʻzlashtirilganiga koʻp vaqt boʻlmagan. Shunga qaramay, bugʻdoydan moʻl hosil olindi. Hosildorlik gektariga oʻrtacha 106 sentnerni tashkil etdi. Yana bir jihati, doni sifatli. U import bugʻdoy oʻrnini bosa oladi. Buning ustiga ertapishar. Gʻallani oʻrib-yigʻib olgach, takroriy ekin sifatida paxta ham ekish mumkin.
Tajriba oʻzini oqlaganiga ishonch hosil qilindi. Yaqin kunlar ichida Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi jami 800 gektar yerda «GLUTEN-1» navli bugʻdoy urugʻi ekiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring