Hayit bayrami kuni metrodan foydalanish vaqtincha bepul boʻladi
Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni vaqtincha barcha yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, bayram kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, metro yoʻlovchilariga bayram munosabati bilan belgilangan boshqa dam olish kunlarida quyidagicha tartibda poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi:
- 7-iyun – shanba kuni uchun belgilangan jadval boʻyicha;
- 8-iyun – yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.
Metropoliten matbuot xizmati avvalroq 6-iyun – Qurbon hayiti bayrami kuni yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin yaʼni tonggi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlashi haqida xabar bergan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring