Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiyligini bekor qilish taklif etildi

08:21 24 Fevral 2020 Jamiyat
2885 0

Illyustrativ foto

Hamyurtlarimizdan biri tomonidan “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shu boʻyicha petitsiya bildirilgan.
“Avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi guvohnoma olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiyligini bekor qilishni taklif qilaman. Avtomaktablarda oʻqitishdan maqsad nima? Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatishmi, buni mustaqil oʻqib-oʻrganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni oʻrganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham oʻrganish mumkin. Hozirda maktablar oʻqitish xizmati uchun 2-3 million soʻraydi. Maqsad pul toʻlashmi, bu pulni oʻz qarindoshimizga bersak ham boʻladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha “prava” bermaydi. Shunday ekan, IIB YXXBda imtihon topshirish uchun toʻlovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtihondan oʻtganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvohnomasi topshirilishi yetarli boʻladi" deyiladi murojaatda.

Oʻz navbatida "Men avtomaktablarni qatʼiy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda oʻqishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda oʻqimaganlar ham, oʻz malakalariga ishonishsa, YHXB huzurida imtihon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman. Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qoʻshadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch – bu avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi boʻlishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan boʻlishi talab qilinadi" deya qoʻshimcha qilgan petitsiya muallifi.

Ayni paytda ushbu taklif mingga yaqin ovoz toʻplagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер