Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.A. fuqaro M.S.ning haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻladigan imtihondan oʻtkazib qoʻyishi evaziga 450 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Shumanay tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.U. fuqaro M.K.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berishi evaziga 3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Ellikqalʼa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro N.T. 3 nafar fuqaroga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga jami 750 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, N.T. tomonidan 4,7 mln soʻmning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring