Haydovchilik guvohnomasi olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. 4 nafar fuqaroga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga fuqaro M.Yu.dan 3 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring