Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

13:55 03 Yanvar 2024 Jamiyat
281 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Oʻ.S. va Sh.X. fuqaro N.Sh.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.G. va A.A. fuqaro M.M.ni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Jondor tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar Z.A. va M.S. fuqaro M.R.ni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер