Haydovchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta polisi elektron shaklga o’tkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 645 sonli qaroriga asosan, 2022-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta polisi toʻliq elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, 2022-yil 1-martdan boshlab haydovchining yoʻl-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlari yonida boʻlmagan taqdirda mazkur hujjatlar maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.
Yangi sugʻurta polislarini yagona axborot tizimiga toʻliq kiritmasdan shakllantirish imkoniyati 2022-yil 1-yanvardan boshlab cheklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring