Hafta oʻrtasidan harorat koʻtariladi

18:01 29 Iyul 2024 Jamiyat
492 0

Dushanba va seshanba Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo haroratining biroz pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.

Kunduzgi havo harorati +34…+38 daraja atrofida, faqat janubda baʼzi joylarda +41…+44 darajagacha boʻladi.

Ish haftasining oʻrtasidan oxirigacha harorat foni 2−3 darajaga koʻtariladi. Hududning katta qismida kunduz kunlari havo +39…+41 darajagacha isiydi.

Shamol 7−12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13−18 metr/sekundgacha kuchayadi, 29−31-iyulda choʻl hududlarda baʼzida 20−23 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 10−12 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat asosan kechalari +22…+25, kunduz kunlari 29−30-iyulda +36…+38, 31-iyul va 1−2-avgustda +38…+41 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер