Hafta davomida havo harorati biroz koʻtariladi

13:41 10 Mart 2026 Jamiyat
258 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Unga koʻra, ertaga, 11-mart kuni Oʻzbekiston hududining katta qismida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi 1-3 daraja sovuqqacha, baʼzi joylarda 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kuni esa 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

Respublika shimolida harorat kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi, Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

10-11-mart kunlari respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Togʻlarda qor koʻchishi xavfi bor.

12-martda kechasi sovuq saqlanib turadi, kunduzi esa sovuq havo massasi respublika hududidan chekina boshlaydi. Havo harorati koʻtariladi va ish haftasining oxiriga kelib kunduz kunlari havo 10-15 daraja iliqqacha isiydi. Ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 2-4 daraja iliq boʻladi. Kechasi biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq boʻladi.

12-13-martda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq boʻladi, kunduzi asta-sekin 11-13 daraja iliqqacha koʻtariladi. Shamol shimoli-sharqdan birozdan oʻrtacha tezlikkacha esadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер