Hadicha Qurbonovaning “Yolg‘iz qiz” video klipi ham “O‘zbekkonsert” badiiy kengashidan o‘tmadi
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” DM matbuot xizmati “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qildi.
Xonanda Hadicha Qurbonova ijro etgan “Yolg‘iz qiz” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip to‘liq nihoyasiga yetmaganligi hamda musiqasini milliy cholg‘ular asosida boyitish kerakligi tushuntirildi. Xonandaga klipni tayyor holda navbatdagi Kengashga topshirilishi ma’lum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring