Gʻuzorda kuchli jala va doʻl yogʻdi (Foto)

19:03 04 May 2020 Jamiyat
2262 0

“Xalq so`zi ONLINE”

Bugun, 4-aprel kuni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida kuchli jala va doʻl yogʻdi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, jala va doʻl yogʻishda davom etmoqda. U tufayli ekinlar zarar koʻrgani yoki boshqa oqibatlar haqida ham maʼlumot yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tabiat hodisasi bu oyda ilk bor qayd etilmayapti.

Avvalroq, Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida qirq daqiqa davomida doʻl yogʻgani haqida xabar bergan edik.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер