Gulistonlik oʻqituvchi uyidagi shkafidan doska oʻrnida foydalanib videodarslar oʻtayapti

16:31 22 Mart 2020 Jamiyat
1118 0

Arxiv surat

“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Guliston shahridagi 8-maktabning ingliz tili oʻqituvchisi Dilnoza Boyxonova uyidan turib oʻquvchilarga dars oʻtmoqda deb xabar bermoqda shahar xalq taʼlimi boʻlimi xodimi Lola Norova. Shkafi doska vazifasini bajarmoqda. Turmush oʻrtogʻi Muzaffar va toʻqqiz yoshli qizi Asal darslarni videotasvirga olayotir. Elektron darslarini shahar xalq taʼlimi boʻlimiga uzatgach, bu mashgʻulotlar maxsus oʻquv kanallari orqali butun viloyatga namoyish qilinayotir.

Kasbiga sadoqatli yurtdoshimizga rahmatlar aytamiz! Va bugungi sinov kunlarida har birimizning ana shunday fidoyi boʻlishimiz qanchalik zarur ekanligini chuqur his etamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер