Gulchehra Eshonqulova Gollivudda qaysi aktyor bilan rol ijro etishi mumkinligini ma’lum qildi
Gulchehra Eshonqulova Instagram orqali muxlislaridan kelgan savollarga javob berdi. Bu haqda “MyDay” nashirining ma’lumotlariga asoslanib “Daryo” ma’lum qilmoqda.
Bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan aktrisa san’atdan biroz chetlashgan bo‘lsa-da, uning hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqish so‘ngani yo‘q.
Ayni paytda Gulchehra Eshonqulova 2 farzandni tarbiyalamoqda.
Muxlis savoli: Agar Gollivuddan sizga taklif bo‘lsa, qaysi filmda va qaysi aktyor bilan rol ijro etishni xohlar edingiz?
Aktrisa javobi: Rejissor Bahodir Yo‘ldoshevning filmida, turmush o‘rtog‘im bilan.
Muxlis savoli: To‘ylarda boshlovchilik qilasizmi (Bruklinda) ?
Aktrisa javobi: Takliflarga binoan yaqin orada niyatimiz bor.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring