Gugurtga joylangan ogʻu savdosi “pishmay” qoldi

09:43 21 Iyul 2022 Jamiyat
528 0

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi Denov tumani “Baxoriston” MFY hududida tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tezkor-qidiruv tadbiri davomida, fuqaroligi boʻlmagan shaxs Q.T. Denov tumani “Bahoriston” MFY hududidagi katta yoʻl chetida oʻzining boshqaruvida boʻlgan avtotransport vositasi ichida qora rangli selofan paketga joylashtirilgan 2 dona oq selofan paketda toʻq jigarrangli oʻtkir hidli “opiy” giyohvandlik vositasiga oʻxshash moddani va 25 dona gugurt qutlarida yashil rangli oʻziga xos oʻtkir hidli oʻtsimon “marixuana” giyohvandlik vositasiga oʻxshash moddalarni tadbirga shartli haridor sifatida kiritilgan shaxsga 12 mln. soʻmga sotayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilar tomonidan qoʻlga olingan.

Shundan soʻng, fuqaro T.Q. shaxsiy tintuvdan oʻtkazilganda, uning yonidan 4 dona qora rangli selafan paket parchasiga oʻralgan “gashish” va 4 dona koʻk rangli paket parchasiga oʻralgan “opiy” giyohvandlik vositasiga oʻxshash moddalar borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga koʻra, T.Q.dan olingan moddalar, giyohvandlik vositalari turkumiga kiruvchi sof vazni 95,96 gramm “opiy”, 167,26 gramm “marixuana” hamda 3,77 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasining 5-bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер