Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
Transport vaziri Ilxom Maxkamov Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Bosh vaziri oʻrinbosari-iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri Levan Davitashvili bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida transport-logistika sohasidagi aloqalarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Xususan, tomonlar Oʻzbekiston va Gruziya oʻrtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, yangi yoʻnalishlarda parvozlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashdi. I.Maxkamov xorij tomonining Gruziyadan Samarqandga aviaqatnovlarni tashkil etish boʻyicha bildirgan taklifini qoʻllab-quvvatladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring