Gripp yuqtirgan bemor koronavirusga moyil boʻlishi rostmi?
Savolga Vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Dilfuza Hasanova javob beradi.
Gripp bilan ogʻriyotgan bemor qatʼiy karantin choralariga rioya qilsa, unga virus yuqmaydi. Bemor gripp bilan koronavirusni yuqtirib olgan boʻlsa, kasallik ogʻir kechadi.
Grippda immunitet past boʻlsa, kasallik oʻtib ketadigan boʻlsa, gripp chaqiradigan pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Bunda oʻpkaning yuqori qismlari zararlanadi.
SOVID-19 infeksiyasi esa koʻpincha oʻpkaning past qismlari: nafas olishda kamroq ishtirok etadigan boʻlmalarini shikastlaydi. Yondosh kasalliklar, tabiiyki, kasallik kechishini ogʻirlashtiradi.
Gripp bilan zararlangan bemor koronavirusga test topshirsa, lekin yolgʻon manfiy javob chiqsa (30 foiz ehtimol), demak, menda kasallik yoʻq ekan deb atrofdagilar uchun tashuvchi boʻlib qolishi mumkin.
Shu sababli gripp bilan kasallanganlar ham oʻzini izolyatsiya qilishi lozim. Grippdan toʻliq forigʻ boʻlgach, normal hayotga qaytishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring