Gretsiya oʻz aholisini koronavirusdan himoya qilish yoʻlini topdi

02:10 28 May 2020 Dunyo
1377 0

Foto: neakriti.gr

Joriy yilning 1-iyun kunidan Gretsiya oʻz aholisini silga qarshi vaksina bilan ommaviy ravishda emlashni boshlaydi. Mamlakat oʻz fuqarolarini koronavirusdan himoya qilish maqsadida shunday yoʻl tutishga qaror qilgan, deyiladi “Neakriti” portali xabarida.

Uch yillik tadqiqotlar davomida olimlar silga qarshi vaksina nafas yoʻllari infeksiyasi xavfini 5 baravarga kamaytirishini aniqlaganlar. Mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu chora “COVID-19“ bilan zararlanish xavfi yuqori boʻlgan fuqarolar toifalarini himoya qiladi. Aholini ommaviy emlash Milliy dori vositalari agentligi tomonidan tasdiqlangan.

Nashrning qayd etishicha, ushbu chora Germaniya, Avstraliya va Gollandiyada ham amalga oshirilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер