Gʻolib startapchi yoshlar 10 ming dollarga ega boʻlishdi

21:27 09 Iyun 2022 Jamiyat
634 0

Foto: Халқ сўзи

Poytaxtimizda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo, hamkor va kuzatuvchi davlatlarning startapchi yoshlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Unisorns SSO» loyihasi tashkillashtirildi.

«Unisorns SSO» Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar, kuzatuvchilar va ish boʻyicha hamkorlarning startapga ega 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihasidir.

Loyihani oʻtkazish tartibi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

«Unisorns SSO» loyihasi doirasida SHHTga aʼzo, kuzatuvchi va hamkor davlatlar startapchi yoshlarining 2 tadan jami 50 ta eng yaxshi startap loyihalarining taqdimoti tashkil etildi.

Har bir startap ekspertlar oldida taqdimot qildi. Eng yaxshi loyihalar ushbu yoʻnalishda shu kungacha amalga oshirilgan ishlar, jamoa, gʻoyaning maqsadlari, hayotiyligi va boshqa shu kabi amaliy jarayonlarga qarab baholandi.

Taqdimot yakunlanganidan soʻng ekspertlar tomonidan maʼqul deb topilgan eng yaxshi 10 ta startapning har biriga 10 000 dollardan, umumiy 100 000 dollar investitsiya mablagʻlari topshirildi.

Rahmatjon Bobojonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер