Gʻolib Murodov Muborak tumaniga hokim boʻldi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 25-fevral kuni xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, deputatlar Gʻolib Neʼmatovich Murodovni Muborak tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Gʻolib Murodov 1981-yil Mirishkor tumanida tugʻilgan. U Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mazkur tayinlovga qadar u “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tumanga 2023-yilning oktyabridan buyon hokimlik qilib kelayotgan Muxtor Hayitmurodovning isteʼfosi sababi ochiqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring