Global tadqiqot markazi Oʻzbekistonni oyning eng yaxshi mamlakati deb eʼlon qildi

17:03 05 May 2023 Siyosat
427 0

May oyida Kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha global tadqiqot markazining Yevropa byurosi (J-PAL) oʻz eʼtiborini Oʻzbekistonga qaratdi. Bunda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari bilan hamkorlikda kambagʻallikka qarshi kurashish boʻyicha ilk davlat dasturlarining samaradorligi hamda ularning aholi real daromadlari oʻsishini taʼminlashga va kambagʻallikni qisqartirishga potensial taʼsiri baholanadi.

Maʼlumot uchun: J-PAL – kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha global tadqiqot markazining Yevropa, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi yetakchi universitetlarida 7 ta hududiy vakolatxonalari mavjud.  
J-PALʻning asosiy tarkibi 400 dan ortiq mutaxassislarni oʻz ichiga oladi. Butun dunyo boʻylab 300 ga yaqin professor-oʻqituvchilar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Laboratoriyaning butun faoliyati davomida 91 ta mamlakatda 1094 ta tadqiqot oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер