“Giyohvandlik vositalarining yangi turlari va ularni aniqlash usullari”
Bojxona qoʻmitasida tashkil etilgan sayyor oʻquv-seminar shunday nomlandi.
Videokonferensiya tarzida oʻtkazilgan tadbirda Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Choriyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi va Ichki ishlar vazirligi vakillari, qoʻmita markaziy apparati hamda chegara bojxona postlari xodimlari ishtirok etishdi.
Unda mutaxassislar tomonidan Respublikadagi narkologik vaziyat, yangi turdagi giyohvandlik vositalari, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar turlari, koʻrinishi hamda ularni aniqlash usullari hamda bojxona koʻrigi jarayonida eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar yuzasidan interaktiv usullarda mashgʻulot oʻtkazildi.
Ushbu profilaktik tadbirlar shu kunga qadar Toshkent viloyati va shahar bojxona postlarida oʻtkazilgan boʻlsa, endilikda mashgʻulotlarga respublikadagi barcha xodimlar jalb etilmoqda.
Diyora YUSUPALIYEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring