“Gʻishtkoʻprik” postida 2,8 ming dona pnevmatik qurol oʻqlari toʻxtatib qolindi
Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi
Oʻzbekiston hududiga kirib kelayotgan mashina yukxonasida 16 dona qadoqda 2800 dona 5,5 mm kalibrli pnevmatik qurol oʻqlari borligi aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonga oʻtish uchun “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtomashina bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan.
Tadbir natijasida mashinaning yukxonasida yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan 16 dona qadoqda 2800 dona 5,5 mm kalibrli pnevmatik qurol oʻqlari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring