Germaniyada yuz bergan suv toshqinidan keyin mingdan ziyod odam bedarak yoʻqolgan

03:39 16 Iyul 2021 Dunyo
1005 0

Foto: dpa

Germaniyaning gʻarbiy qismida yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida kamida 33 kishi halok boʻlgani, yana oʻnlab odamlar bedarak yoʻqolgani haqida xabar bergan edik.

Germaniyaning gʻarbiy qismidagi Arvayler okrugi maʼmurlari toshqinlar natijasida 1,3 mingga yaqin odam bedarak yoʻqolgan, deb hisoblamoqda.

Shuningdek, qurbonlar soni ham oshgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, tabiiy ofat oqibatida kamida 58 kishi halok boʻlgan.

Birgina Bad-Noyenar-Arvayler shahri hududida payshanba kuni mingdan ortiq qutqaruv operatsiyalari oʻtkazilgan.

“Vayronagarchilik bilan bogʻliq murakkab vaziyat tufayli  holatni yakuniy baholash hozircha mumkin emas”, deyiladi rasmiy xabarda.

Germaniyada dushanba kunidan beri yomgʻir yogʻishi davom etmoqda. 

Suv bosgan yoʻllar va buzilgan koʻpriklar tufayli baʼzi aholi punktlariga hanuzgacha kirish imkoni yoʻq. Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning beshta tumanida toʻgʻon buzilishi xavfi tufayli aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. 

Reyn-Erft okrugida yana toshqin xavfi tufayli favqulodda holat eʼlon qilindi.

Germaniya kansleri Angela Merkel voqeani izohlar ekan, Germaniya gʻarbiy qismidagi fojianing yakuniy koʻlami faqat keyingi kunlarda aniq boʻlishini aytib oʻtdi. U qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер