Germaniyada Yevropa Ittifoqi Ukraina gʻalabasiga ishonchini yoʻqotayotgani aytildi

22:03 16 Mart 2024 Dunyo
802 0

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi diplomatik doiralarida Ukraina mojaroda gʻalaba qozona olmasligi va boy berilgan hududlarni qaytarib olmasligi haqidagi bayonotlar tobora koʻproq eshitilmoqda. Bu fikrni Germaniyaning “Welt” telekanalida jurnalist Gerrit Zebald bildirdi.

Zebaldning soʻzlariga koʻra, avvallari Yevropa Ittifoqi ham, NATO ham Ukraina Rossiya nazorati ostida boʻlgan hududlarni qaytarishi kerakligi haqida umumiy pozitsiyaga ega boʻlgan, ammo hozir bu haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan “bayonotlar tobora kuchayib bormoqda”.

Jurnalist oʻz soʻzlarini tasdiqlash uchun Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining mamlaat parlamenttdagi fraksiyasi rahbari Rolfa Myutsenixning yaqindagi chiqishini esladi. Oʻshanda Myutsenix Ukraina-Rossiya mojarosini toʻxtatish yoʻllarini izlash va keyin uni tugatish zarurligini taʼkidlagandi.

“Ular biz boshqa yechim topishimiz kerak ochiqdan-ochiq aytishadi [Ukrainani hamma narsada soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashdan tashqari], chunki Ukraina hududlarni qaytarmaydi”, deydi Zebald.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер