Germaniya hukumati bir hafta ichida Ukrainaga qancha harbiy texnika yetkazib berganini maʼlum qildi
Foto: AP
Germaniya bir hafta ichida Ukrainaga oʻnta “Leopard” tanki va 30 dan ortiq texnika yetkazib berdi.
Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy texnika koʻrinishida yetkaziladigan yordamlar roʻyxatini yangiladi. Roʻyxat Germaniya hukumati rasmiy saytida keltirilgan.
Unga koʻra, bir hafta ichida Germaniya Ukraina Qurolli kuchlariga oʻnta “Leopard 1 A5” tanki, 14 ta “Bandvagn 206” yoʻl tanlamas transporti, yaradorlarni evakuatsiya qilish uchun beshta “Warthog” yoʻl tanlamas transporti, uchta zirhli texnika, toʻrtta HX81 (tirkamalari bilan) transporti, 16 ta “Zetros”, 13 ta “MAN TGS” yuk mashinalari, 1,4 million dona oʻq-dorilar yetkazib bergan.
Shuningdek, Ukrainaga minalardan tozalash uchun zirhli transport vositalari, razvedka uchun oʻnta “Vektor” dronlari, kuzatish uchun radiolokatsion stansiyalar, yarim tirkamali texnikalar, yuk mashinalari, shuningdek, NATOning 155 mm kalibrli oʻq-dorilari yetkazib berildi. Bundan tashqari, ukrainalik harbiylarga 10 mingta taktik koʻzoynak topshirildi.
Bungacha Germaniyaning “Rheinmetall” mudofaa konserni 2024-yilda Ukrainaga qayta tiklangan 25 ta “Leopard 1A5” tankini yetkazib berishi maʼlum boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring