Germaniya BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirmoqda

22:35 05 Sentyabr 2023 Dunyo
765 0

Arxiv surat

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok BMT Xavfsizlik Kengashi va Xalqaro jinoiy sudni isloh qilishga chaqirdi.

Berbok Xavfsizlik Kengashi oxirgi marta 60 yil oldin isloh qilinganini va shu vaqtdan boshlab jahon siyosatida — Afrikada, Lotin Amerikasi va Osiyoda ham yangi mustaqil davlatlar paydo boʻlganini eslatdi.

“Bu davlatlar qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqini va muzokaralar stolidan joy olishni haqli ravishda talab qilmoqda”, deydi Germaniya TIV rahbari. Shuningdek, u boshqa xalqaro institutlar, masalan, Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti ham islohotga muhtojligini qoʻshimcha qildi.

Avvalroq Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev BMT Xavfsizlik kengashi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish zarurligini maʼlum qilgan edi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti yagona universal tashkilot boʻlib qolmoqda, ammo uning Xavfsizlik Kengashi isloh qilinishi kerak”, degan edi Toqayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер