Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarda tomonlar murosaga kelishdi —OAV
Foto: AP
Qatar poytaxti Dohada Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralarda qatnashayotgan tomonlar baʼzi murosaga kelishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Amerikaning «Axios» portali manbalarga tayanib.
Isroil va HAMAS soʻnggi bir necha oy ichida birinchi marta isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Gʻazo sektorida vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga qaratilgan ehtimoliy kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda.
«Ikkala tomon ham qandaydir murosaga kelishdi va muzokaralar olib borishga tayyor», — deya muzokaralar borishi bilan bevosita tanish boʻlgan manbadan iqtibos keltiradi portal.
Isroilning yuqori martabali mulozimining aytishicha, isroillik muzokarachilar Qatar va Misr vositachilari bilan batafsil muzokaralarni davom ettirish uchun Dohada qoladilar va joriy raund kamida ikki hafta davom etishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda 100 nafar falastinlik Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosini oʻtamoqda. 700 nafardan 1000 nafargacha falastinlikni ozod qilish evaziga garovga olingan ayollar, bolalar, qariyalar va ogʻir bemorlarni almashish taklif qilinmoqda.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning idorasi bu taklif «real boʻlmagan talablar»ga asoslanganini aytgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring