Gʻazoda ishsizlik 80 foizga yetdi
Isroil urushi boshlanganidan beri Gʻazoda ishsizlik miqdori deyarli 80 foizga yetdi.
BMTning Mehnat agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning oktyabr oyida Isroilning Gʻazoga qaratilgan hujumlari oqibatida ishsizlik hayratlanarli darajada qariyib 79,1 foizni tashkil etmoqda.
Falastin sogʻliqni saqlash rasmiylariga koʻra, urush boshlanganidan beri Gʻazoga qilingan hujumlar natijasida kamida 36,654 kishi vafot etgan. 83,309 kishi jarohat olib, minglab odamlar vayronalar ostida bedarak yoʻqolgani taxmin qilinyapti.
Iqtisodiy jihatdan olib qaralganda, real yalpi ichki mahsulot (YAIM) Falastin hududida qariyb 33 foizga qisqardi, Gʻazo sektorida esa taxminiy qisqarish 83,5 foizni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring