Gʻazo markazida majburan koʻchirilgan aholi vakillariga yangi chodir o'rnatish uchun joy qolmadi

15:38 28 Avgust 2025 Dunyo
267 0

Gʻazo markazidagi Dayr al-Baloh shahri meri Nizar Ayyashning aytishicha, shaharda majburan koʻchirilganlar uchun yangi chodirlar tikish uchun joy qolmagan.

Taʼkidlanishicha, Isroil hujumlari oqibatida Gʻazo aholisining aksariyat qismi Dayr al-Baloh shahriga koʻchirilgan. Ayni vaqtda shahar sohillari gavjum, sharqiy hududlar hujumga uchrab, vayron boʻlgan. Shahar infratuzilmalari yaroqsiz holatga kelib qolgan. Yangi koʻchirilgan aholi uchun chodir o'rnatish uchun yaroqli hudud mavjud emas.

Shahar meri Nizar Ayyash agar majburiy koʻchirilish davom etsa, Dayr al-Balohdagi gumanitar vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Joriy yilning aprel-avgust oyida olingan yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh tasvirlarida Gʻazoning shimoliy hududlari, jumladan, Jabaliya al-Balad, Jabaliya qochqinlar lageri, Tal Az Zaatar va qoʻshni hududlar Isroil qoʻshinlari tomonidan katta vayronagarchilikka yuz tutganini koʻrish mumkin.

Soʻnggi tahlil natijalariga koʻra, Isroil kuchlari Gʻazoning sharqiy chegarasidan 4 kilometrgacha boʻlgan masofani bosib oʻtib, Jabaliya al-Balad va hudud yaqinidagi Jabaliya al-Nazlaga yetib borgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligi Gʻazodagi 22 oylik urush davomida tashkilotning anklavdagi xodimlaridan biri 19-marta boshqa hududga koʻchirilganini maʼlum qildi.

“Hududdagi odamlar och va charchagan. Tinimsiz davom etayotgan bombardimonlar hamda mahalliy aholini koʻchirish haqidagi buyruqlar oilalarni qoʻrquv domiga tortmoqda. Bu holatga zudlik bilan barham berish kerak. Urushni toʻxtating”, — deb yozadi tashkilot oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер