Gazdan qarzdorlikni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan xodim qoʻlga olindi
Tabiiy gaz taʼminotidan qarzdorlikni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan gaz taʼminoti boʻlimi xodimi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Sh.Rashidovtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi gazchi xodimi B.P. fuqaro U.T.ning yashash xonadoni tabiiy gaz tarmogʻidan uzilgan boʻlsada, 10 million soʻm evaziga yangi gaz hisoblagich oʻrnatib qarzdorligini yoʻq qilib berishini vaʼda qilib, shundan 1 million soʻmini olgan. Qolgan 9 million soʻmni olgan vaqtida esa ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring