Gʻarb sanksiyalari Rossiyaning rivojlanishiga zamin yaratdi — Putin
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin shu yilning 24-may kuni Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan uchrashib, qator masalalarda suhbatlashgan. TASS Minskda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanidagi ayrim bayonotlarni keltirdi.
— Moskva Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning legitimligi tugaganidan xabardor. Agar Kiyev bilan muzokaralar qayta tiklansa, u qonuniy hokimiyat bilan ish olib borayotganiga ishonch hosil qilishi kerak, — degan Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin Kiyev haqidagi muzokaralarga hech qachon rad javobini bermaganini ham qoʻshimcha qilgan. Shveysariyada boʻlib oʻtadigan tinchlik konferensiyasining asosiy maqsadlaridan biri Zelenskiyning legitimligini tasdiqlashdan iborat ekanligi, bunday “PR” harakatlar qonuniy ahamiyatga ega emasligini eslatib oʻtgan Vladimir Putin.
— Rossiya muntazam ravishda yadroviy mashgʻulotlar oʻtkazadi. Endi buni Belarus bilan birgalikda amalga oshiryapti. Mashgʻulotlar hech narsaga xavf tugʻdirmaydi. Biz yadro quroli bilan bogʻliq meʼyoriy majburiyatlarni toʻliq bajaramiz, — degan prezident.
Shuningdek, Gʻarb sanksiyalari Rossiyaning rivojlanishini ragʻbatlantirgani va yuqori texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlarni qayta tiklashga hamda yangilarini yaratishga turtki bergani haqida soʻz yuritgan Rossiya yetakchisi.
— Sanksiyalar maʼlum muammolarni keltirib chiqaradi, buni koʻrib turibmiz va biz uchun maʼlum rivojlanish yoʻllarini ochib beradi, — deb qoʻshimcha qilgan davlat rahbari.
Qoʻshimcha qilinishicha, Vladimir Putin Eron Islom Respublikasini aviahalokatda vafoti haqida fikr bildirib, Eronning barqaror siyosatga ega ekanligi va hamkorlikni davom ettirishini taʼkidlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring