Gandbol: ayollar oʻrtasida Osiyo chempionati davom etmoqda
Koreyada gandbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga yoʻllanma beruvchi 5-oʻrin uchun bahsda ishtirok etdi.
Afsuski, Qozogʻiston terma jamoasiga qarshi bellashuvda yurtdoshlarimiz 28:30 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Endi jamoamiz ertaga 7-oʻrin uchun Tailandga qarshi maydonga chiqadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring