Gʻallaoroldagi “Madaniyat” MFY yangi binoli boʻldi
Foto: Xalq so‘zi
Eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 31 yillik tantanalari boʻlib oʻtayotgan shu kunlarda, anʼanaga koʻra, yurtimiz boʻylab yangi bunyodkorlik obyektlari foydalanishga topshirilmoqda. Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanining “Madaniyat” mahalla fuqarolar yigʻini ham bayram arafasida yangi binoli boʻldi.

— Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududlaridagi fuqarolar yigʻinida zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish, mahallada hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli lavozimlarini yoʻlga qoʻyish orqali ushbu institut ishini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarini oʻz samarasini bermoqda, — deydi Gʻallaorol tumani mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Zohidjon Usmonov. — Mana shunday barcha qulayliklarga ega fuqarolar yigʻini mahalla ahli uchun najot eshigi boʻlib qolishi kerak, buning bari xalqning istak va muammolarini imkon darajasida joyida hal qilishda muhim oʻrin tutadi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring