Gʻalla hosildorligi boʻyicha mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 8-oʻrinni egalladi

17:21 23 Sentyabr 2023 Jamiyat
531 0

Oʻzbekiston gʻalla hosildorligi boʻyicha yetakchi mamlakatlar oʻntaligidan joy oldi. Xususan, gʻalla hosildorligi boʻyicha mamlakatlar reytingida Oʻzbekiston 8-oʻrinni egalladi.

Gektariga necha sentner gʻalla yetishtirilishiga koʻra tuzilgan umumjahon reytingida birinchi oʻrinni 100,8 s/ga koʻrsatkich bilan Irlandiya, ikkinchi oʻrinni Yangi Zelandiya (97,1 s/ga) va uchinchi oʻrinni Buyuk Britaniya (78,1 s/ga) egallagan.

Oʻzbekiston 48,2 s/ga natija bilan faxrli sakkizinchi oʻrinni egallab, yetakchi oʻntalikdan joy olgan.

TOP-10 ga kiruvchi mamlakatlar:

— Irlandiya – 100,8 s/ga

— Yangi Zelandiya – 97,1 s/ga

— Buyuk Britaniya – 78,1 s/ga

— Germaniya – 73,0 s/ga

— Fransiya – 69,3 s/ga

— Misr – 64,5 s/ga

— Xitoy – 58,1 s/ga

— Oʻzbekiston – 48,2 s/ga

— Ukraina – 45,3 s/ga

— Janubiy Afrika – 43,1 s/ga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер