Gal Gadot «Mo‘jiza ayol” filmining uchinchi qismi haqida ma’lumot berdi
Aktrisa Gal Gadot «Mo‘jiza ayol 3» filmini ishlab chiqarish jarayoni qanday holatda ekani haqida gapirdi. DC yulduzining so‘zlariga ko‘ra, trikvelda studiya rahbarlari Jeyms Gann va Piter Safran bilan hamkorlik qiladi.
«Men Mo‘jiza ayol rolini o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Bu yuragimga yaqin va qimmatli rol. Tushunishim bo‘yicha, uchinchi qismni birgalikda ishlab chiqmoqchimiz”, — dedi aktrisa.
«Mo‘jiza ayol”ning birinchi qismi 2017-yilda premyera qilingan va 823 million dollar yig‘gan. Filmning ikkinchi qismi 2021-yilda katta ekranlarga chiqdi atigi 170 million dollar ishlab topgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring