Gayana Oʻzbekiston bilan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan 142-davlat boʻldi

20:13 11 Oktyabr 2022 Siyosat
1177 0

Foto: "Dunyo" AA

Gayana Oʻzbekiston diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan 142-davlat boʻldi.

10-oktyabr kuni Nyu-York shahrida (AQSH) Oʻzbekiston Respublikasi va Gayana Kooperativ Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida Qoʻshma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov va Gayananing BMTdagi doimiy vakili Karolin Rodrigez Birket imzoladi.

Gayana Janubiy Amerikaning shimoli-sharqiy sohilida joylashgan, Britaniya Hamdoʻstligi, shuningdek, Amerika davlatlari tashkilotiga aʼzo.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qoʻshma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi. Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Hujjatning imzolanishi Oʻzbekistonning Janubiy Amerika davlatlari bilan oʻzaro hamkorligini kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер