Gʻ. Mirzayev: “Daraxtlarni pasportlash kerak”

11:26 12 Oktyabr 2019 Jamiyat
1288 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Qizgʻin davom etayotgan Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida daraxtlarni noqonuniy kesish, ularni tamgʻalash masalalari ham muhokama etildi.

Ushbu masala boʻyicha Sirdaryo viloyati hokimi, senator Gʻ. Mirzayev quyidagicha taklif bildirdi:

“Taklifim shuki, daraxtlarni asrab qolish uchun ularni pasportlash, tamgʻalash kerak. 10 yoshdan oshganlarini roʻyxatga olish ham zarur. Qeyingi masala hamma oʻz bilganicha daraxtlarni butalayversa, ularni “nogiron” qilib qoʻyamiz. Shuning uchun bu masalaga ilmiy yondashish lozim.

Yana bir taklifim shuki, daraxtlarni yoshiga qarab jarimalar miqdorini ham koʻpaytirib borish kerak. Shunda amalga oshiradigan ishlarimiz samarasi seziladi”.

Yalpi majlis davom etmoqda.

Rahim ShERQULOV,

“Xalq soʻzi onlayn”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер