“Future Foresight” qanday trening?

14:05 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
950 0

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Har bir sohada xorij tajribasini oʻrganish bu oʻsha sohaning rivojiga katta hissa qoʻshadi. Ayniqsa, davlat xizmatlaridagi mutaxassislar uchun bu alohida ahamiyatga ega. Shu maʼnoda, xalqaro ekspertlardan iborat yana bir trening tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan bilan hamkorligidagi “Future Foresight” seminar-treninglar boshlandi.

Foto: Hakim Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.

Mazkur seminar-treninglar davlat xizmatchilari uchun xalqaro ekspertlardan yangi bilim va malakalarni oʻzlashtirishlariga qaratilgan boʻlib, bu oʻz navbatida ish samaradorligini oshirish, aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, kelajakni prognozlashtirish va forsayt texnologiyalaridan unumli foydalanish tashabbuskorlik va natijadorlikka erishishga olib keladi.

Seminar-trening 2-noyabrgacha davom etadi.

Yulduz OʻRMONOVA,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер