Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlarining 2028 va 2032 yilgi mezbonlari ma’lum bo‘ldi
2028 yilgi Yevropa chempionati Buyuk Britaniya va Irlandiyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda UYeFA rasmiy tvitteri xabar bergan.
Turnir o‘yinlariga Belfast, Birmingem, Kardiff, Dublin, Glazgo, Liverpul, London (ikkita stadion), Manchester va Nyukasldagi stadionlar mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Yevro-2032ga esa Italiya va Turkiya mezbonlik qiladi.
Bu ikki mamlakat turnir o‘yinlariga mezbonlik qilishi mumkin bo‘lgan 20 ta arenani taqdim etgan. 2026 yilning oktyabriga qadar ulardan 10 ta stadion (har bir mamlakatdan 5 tadan) tanlab olinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring