Furqat Sidikov AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xennikni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
2022-yil 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov Amerika Qoʻshma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xennikni qabul qildi.
Oʻzbekiston-Amerika strategik sheriklik munosabatlarinining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Tomonlarning faol va konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.
Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, Oʻzbekiston va AQSH Strategik sheriklik muloqotining navbatdagi yigʻilishi bilan bogʻliq tashkiliy va mazmunli jihatlar muhokama qilindi.
Savdo, investitsiya, innovatsiya, qishloq xoʻjaligi, energetika va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Elchi AQSH maʼmuriyatining Oʻzbekistonga moliyaviy-texnik koʻmak berish va pandemiyaga qarshi kurashda har tomonlama yordam koʻrsatishni davom ettirishga tayyorligini taʼkidladi.
Mintaqaviy hamkorlik masalalariga, xususan, “C5+1” muloqot formati doirasidagi aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga koʻmaklashish va qoʻshni mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlari yuksak baholandi.
Uchrashuvda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Oʻzbekistondagi missiyasi direktori Mikela Meredit ham ishtirok etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring