Fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

21:13 22 Iyul 2022 Siyosat
1385 0

Foto: Illustrativ surat

Hukumat qarori (399-son, 22.07.2022-y.) bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf boʻlinmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan “Ye-patrul” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.

Barcha maʼlumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati «bodikamera»ga tasvirga olinadi.

Nizomga koʻra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni toʻxtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “Ye-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:

shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos boʻlsa;

shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida maʼlumotga ega deb hisoblash mumkin boʻlsa;

shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar boʻlsa.

Xodim shaxsni toʻxtatganda uni toʻxtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart.

Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:

uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni boʻlmaganda;

qidiruvda boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslar aniqlanganda;

shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik koʻrsatganda;

jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер