Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish jarayonida elektron dalillardan foydalanishning huquqiy asosi va tartibi belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida koʻrib chiqilayotgan navbatdagi hujjat – “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi boʻldi.
Qonun loyihasi bilan protsessual kodekslarni takomillashtirish, sud amaliyotidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarga hamda “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi qonuniga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Yaʼni jinoiy, fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish jarayonida elektron dalillardan foydalanishning huquqiy asosi va tartibi belgilanmoqda.
Xususan, loyiha bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga elektron dalillardan foydalanishning huquqiy asoslari kiritilmoqda. Unda elektron dalillarga qanday hujjatlar, maʼlumotlar kiritilishi nazarda tutilmoqda. Yaʼni ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat maʼlumotlar elektron dalillar hisoblanishi nazarda tutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring