Fransiyada ikkinchi tur saylovlarining natijalari maʼlum boʻldi
lemonde.fr
Fransiyada 7-iyul kuni ikkinchi tur parlament saylovlaridan keyin “Yangi xalq fronti” soʻl kuchlar alyansi gʻalaba qozondi. Saylov natijalarigf koʻra, bosh vazir Gabriel Attal isteʼfoga chiqadi.
“Birgalikda” prezidentlik koalitsiyasi ikkinchi, birinchi turda gʻalaba qozongan Marin Le Penning “Milliy birlik” partiyasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Ovozlar soniga koʻra:
“Yangi xalq fronti” - 182;
“Birgalikda” - 168;
“Milliy birlik” – 143 ta;
“Respublikachilar” - 45.
Qolgan assosiatsiyalar umumiy tarzda 39 ta oʻringa ega boʻldilar.
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron partiyasi Yevroparlamentga saylovlarda imkoniyatni boy berganidan keyin uning qarori bilan muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring