Fransiya prezidenti koronavirus bilan zararlangani tasdiqlandi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus yuqtirib olgan. Bu haqda Elisey saroyi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija koʻrsatgan. Endi davlat rahabari yetti kun karantin holatida boʻladi. BFMTV kanalining xabariga koʻra, Makronning rafiqasi Brijit Makron, Bosh vazir Jan Kasteks va Milliy assambleya rahbari Richard Feran ham oʻzini izolyatsiya qiladi.
Bungacha davlat rahbarlaridan AQSH va Braziliya prezidentlari koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring