Fransiya oʻz kompaniyalariga Rossiyada biznesni toʻxtatmaslikni maslahat berdi — Le Figaro
Foto: Reuters
Fransiya hukumati va prezidenti Emmanuel Makron mamlakatning 15 ta asosiy kompaniyasi bilan uchrashuv chogʻida ularga Rossiyadagi biznesni butunlay toʻxtatmaslikni tavsiya qilgan. Bu haqda Le Figaro nashri yozmoqda.
«Bizga har bir kompaniya Rossiya bozorida oʻz strategiyasini mustaqil belgilash huquqiga ega ekanligini eslatildi. Ammo Iqtisodiyot va moliya vaziri Bryuno Le Mer mamlakatni yoppasiga tark etgandan koʻra, hozir biznesga tanaffus bergan maʼqul, degan fikrni bildirdi», degan tadbirda ishtirok etgan gazeta manbasi.
Maʼlum qilinishicha, Fransiyaning Societe generale banki, Engie energetika kompaniyasi, Airbus samolyotsozlik kompaniyasi, Arianespace kosmik parvoz operatori, Auchan savdo uyi va Danone oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi - Fransiya rahbariyati bilan muloqot paytida Rossiyada biznesini toʻxtatmagan edi.
Avvalroq Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan muzokaradan soʻng Ukrainadagi vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligini aytgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring