Fransiya kompaniyasi “Qadimiy Buxoro” turizm hududini barpo etadi
Oʻzbekiston Milliy banki va Fransiyaning “Buig” kompaniyasi turizm infratuzilmasini rivojlantirish sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi arafasida, 5 oktyabr kuni Parijda oʻtkazilgan Oʻzbek-fransuz biznes forumida Oʻzmilliybank va “Buig” kompaniyasi turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha 100 million yevrolik bitimni imzolashdi.
Oʻzbekiston Milliy banki matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Bitim davlat rahbari tashabbusi asosida qabul qilingan “Buxoro shahri va viloyatining 2017 - 2019 yillar davomida turizm salohiyatini jadal rivojlantirish dasturi”ga asosan “Qadimiy Buxoro” turizm hududini qurishni oʻz ichiga oladi.
Loyiha 10 gektar hududda mehmonxonalar, savdo-koʻngilochar markazi, restoranlar, sara uy kompleksi, landshaft bogʻlarini barpo qilishni nazarda tutadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring